«RONI» Olcha qiyomli glazurlangan keks

Keks — bu shunchaki shirinlik emas. Bu — ta’m bilan ifodalangan sukunat. Unda shoshqaloqlik yo‘q, behuda dabdaba yo‘q.

Har bir luqmasi — yurakda iliq va nozik hislarni uyg‘otadi. Go‘yoki uyda pishgan issiq pishiriqning hidi, butun kuningizga yengillik olib kiradi.

Bu shirinlik jozibasi bilan emas, balki oddiyligi, samimiyligi va o‘zida olib keladigan iliqligi bilan seviladi. Bola uchun — mehrli nonushta. Ona uchun — kechki choyga muloyim hamroh. Ba’zida esa — kun o‘rtasida topilgan osoyishta lahza.

Keks — har qanday paytda o‘rinli.

Mahsulot xususiyatlari

Tarkibi

Keks bug'doy uni, shakar, o'simlik yog`i (rafinatsiyalangan dezodorizatsiyalangan palma yog’i), tovuq tuxumi, glyukoza, kakao kukuni, namlikni saqlovchi vosita (sorbitol, glitserin), invert siropi, osh tuzi, emulsifikator, qabartuvchi moddalar (natriy pirofosfat, natriy bikarbonat), konservant (kaliy sorbat), hushbo'ylantiruvchi (olcha), kislotalilik regulyatori (limon kislota), ksantan kamed. Olchali qiyom - glyukoza siropi, shakar, maltodekstrin, quyuqlashtiruvchi (pektin E440), olcha sharbati konsentrati, kislotalilik regulyatori (limon kislota), konservant (kaliy sorbat), o'simlik yog`i (rafinatsiyalangan dezodorizatsiyalangan palma yog’i), hushbo'ylantiruvchi modda (olcha), oziq-ovqat bo'yog'i. Kakaoli goplama (glazur)- shakar, kakao yog’i o’rnini bosuvchi (palma yadro yog’i, emulgatorlar (E436, soya letsitin)), yog'siz sut kukuni, zardob kukuni, kakao kukuni, emulgatorlar (soya lesitini, PGPR), aromatizatorlar (vanilin).
To'liq ko'rish

Saqlash shartlari

(18±3)°C haroratda va nisbiy namligi 75% dan oshmaydigan joyda saqlang. To'g'ridan-to'g'ri quyosh nurlari ta'siridan saqlansin.
To'liq ko'rish

Texnik ma'lumotlar

Масса нетто 32gr
Количество в коробке 56dona
Код ТНВЕД 1905 9060 00
Штрих код этикетки 4780030392462
Штрих код коробки ITF14 14780030392469
Размер коробки 320x220x95
Срок хранения 12 oy